Missiya va faoliyat yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-24-son qarori
Qarorda turkiy davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg‘or xalqaro tajriba asosida malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadi belgilangan.
Maqsad va asosiy yo‘nalishlar
- Muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash.
- Xorijiy, jumladan Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda va qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘quv dasturlarini joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish.
- Yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni hamda talabalar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish.
- Professor-o‘qituvchilarning xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy tadqiqot markazlarida stajirovkasi hamda malaka oshirishini tashkil etish orqali ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish.
- Talabalarning yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, Vatanga muhabbat va kasbga sadoqatini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish.